«Yangi O‘zbekiston – yangilangan Konstitutsiya». Ijtimoiy davlat tushunchalarining mohiyati.

Toshkent Tibbiyot Akademiyasida  «Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi, ekologiya va atrof muhit muhofazasi va kimyo» fakulteti 4- kurs 404 – guruh talabalari va Epidemiologiya kafedrasi xodimlari «Yangi O‘zbekiston – yangilangan Konstitutsiya» kun tartibi bo’yicha tadbir o’tkazishdi.

Yangi O‘zbekiston qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyatimizni jipslashtirdi. “Ijtimoiy davlat” tushunchasi “Inson qadri” tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ushbu g‘oyaning tub negizida, avvalo, inson qadrini ulug‘lash, aholiga xizmat qilishdek olijanob maqsad mujassam. Ijtimoiy davlat har bir inson uchun ijtimoiy tenglik va adolat tamoyillari asosida munosib yashash sharoitini yaratib beradi. U ijtimoiy tafovutlarni kamaytirish, muhtojlarga yordam berish bo‘yicha samarali siyosat olib boradigan davlat modelidir.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.