Bosh sahifa

📌 Epidemiologiya kafedrasi rasmiy web-saytiga xush kelibsiz!

t.f.d., professor Tadjiyeva Nigora Ubaydullayevna nomidan

Hurmatli tashrif buyuruvchi!
Sizni Epidemiologiya kafedrasining rasmiy sahifasida ko‘rib turganimizdan mamnunmiz. Ushbu platforma sizga kafedramiz tarixi, ilmiy maktabi, pedagogik faoliyati va bugungi yutuqlari haqida to‘liq va dolzarb ma’lumotlar berish maqsadida yaratilgan.

Epidemiologiya kafedrasi o‘zining boy va mustahkam tarixiga ega. 1920–1935-yillarda kafedrada epidemiologiya fani mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar kafedralari qoshida kurs sifatida o‘qitilgan bo‘lsa, 1935-yildan boshlab Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti tarkibida mustaqil kafedra sifatida shakllangan. Bugungi kungacha professor A.V. Georgievskiy, dotsent L.I. Matsina, professor M.N. Soshnikova, professor M.Q. Usmonov, professor O.M. Mirtazaev, G.S Matnazarova kabi ko‘plab yirik olimlar kafedraga rahbarlik qilib, o‘z ilmiy maktabini yaratganlar.

Hozirda kafedrada 12 nafar yuqori malakali professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib, ulardan 2 nafari professor, 3 nafari dotsent, 4 nafari katta o‘qituvchi, 2 assistent va 1 tayanch doktorantdan iborat jamoa talabalarga zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni yetkazmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 50 foizni tashkil etadi.

Bizning kafedrada tibbiy profilaktika, davolash, tibbiy pedagogika, Stomatologiya, Xorijiy va OMX fakultetlari talabalari tahsil oladi. 2010-yildan boshlab epidemiologiya bo‘yicha magistratura, 2014-yildan klinik ordinatura faoliyat yuritib kelmoqda. Talabalarga epidemiologik fikrlashni shakllantirish, ilmiy izlanish olib borish, zamonaviy profilaktika yondashuvlarini o‘rgatish – bizning ustuvor maqsadimizdir.

Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar zamonaviy texnologiyalar asosida, interaktiv uslublarda olib boriladi. “Case-study”, “Brainstorming”, “SWOT”, konferensiya uslublari, shuningdek, amaliyotga yo‘naltirilgan mustaqil izlanishlar o‘quv jarayonining ajralmas qismidir. Talabalarning mustaqil ishlashi, ingliz tilida ilmiy manbalarni o‘qishi va klinik fikrlashi biz uchun muhim mezon hisoblanadi.

Kafedramiz 10-o‘quv binosining 4-qavati o’ng qanotida joylashgan bo‘lib, zamonaviy ma’ruza zallari, amaliy mashg‘ulot xonalari va ilmiy-madaniy meros aks etgan muzey tashkil etilgan.

Sahifamiz orqali siz kafedraning tarixi, ilmiy ishlanmalar, professor-o‘qituvchilar tarkibi, o‘quv jarayonlari va yangiliklar bilan muntazam tanishib borishingiz mumkin.

Hurmat bilan,
t.f.d., professor Tadjiyeva Nigora Ubaydullayevna

 


Davlat va Hukumat portallari

Ўзбекистон Республикаси Ҳукумат порталиЯгона интерактив давлат хизматлари порталиЎзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлигиЎзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигиZiyoNET таълим порталиЎзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базасиЎзбекистон Ёшлар иттифоқи 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегияси