Bosh sahifa

Bizning kafedra yangi vebsaytiga xush kelibsiz!

Umid qilamizki, sizning tashrifingiz o‘zingizga foydali bo‘ladi.

Xurmat bilan t.f.d Matnazarova Gulbaxor Sultanovna

Bizning kafedramiz uz tarixiga ega ! epidemiologiya kafedrasi 1920-1935 yillari mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar kafedralari qoshida epidemiologiya kursi sifatida o‘qitilgan.

O‘zbekistonda mustaqil epidemiologiya kafedrasi 1935-yilda Toshkent Davlat tibbiyot instituti   tarkibida tashkil topgan Epidemiologiya kafedrasiga professor A.V. Georgievskiy (1935-1952),  dotsent L.I. Matsina (1952-1954),  professor M.N. Soshnikova (1954-1972),  professor M.Q. Usmonov (1972-1993),  professor O.M. Mirtazaev (1993-2010),  dotsent S.E. Umirov(vaqtincha ish boshqaruvchi) (2011-2012),

Kafedra xodimlari tomonidan bugungi kungacha 7 ta doktorlik, 20 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.

Bugungi kunga kelib kafedrada 12 nafar professor o‘qituvchilar ish faoliyatini olib bormoqda. Ulardan 2 nafar professor, 3 nafar dotsent, 4 nafar katta o‘qituvchi  2 assistent va 1 nafar tayanch doktarantlardan tashkil topgan.  Xozirgi kunda kafedraning ilmiy saloxiyati 50%.

2013 yildan epidemiologiya kafedrani t.f.d Matnazarova Gulbaxor Sultanovna boshqarib kelmoqdalar. Professor-o‘qituvchilar tarkibi doim o‘zini intellektual darajasini takomillashtiradi, ilmiy-tekshiruv ishlar olib bormoqdalar.

Epidemiologiya   kafedrasida tibbiy profilaktika fakultetining  4,5,-kurs, davolash  va tibbiy pedagogika fakultetlarining 5 kurs, OMX fakultetining 1-2 kurs talabalari taxsil oladilar.  2010 yildan kafedrada epidemiologiya mutaxasisligi bo‘yicha magistratura ochilgan. Har yili 5-6 nafar talabalar magistraturani tugatishadi. Magistratura direktori epidemiologiya soxasida ilgor mutaxassis  professor Mirtazaev O.M bo‘lib  talabalarga o‘qitiliyotgan mutaxasislikka nisbatan qiziqishni, ilmiy ko‘nikma va pedagogik faoliyatni yetkazmoqda.

2014-yildan kafedrada klinik ordinatura ochilgan. Har yili 2-3 nafar talaba ordinaturani tamomlaydi.

Kafedra TTA  xududining ikkinchi  o‘kuv binosining 3 etaj A qanotida  joylashgan. Kafedrada ma’ruza zali, amaliy mashgulotlarni utkazish uchun xonalar va  muzey xonalar tashkil etilgan. Ma’ruza xonasi multimediali kompyuter jixozlar bilan jixozlanib, bu ma’ruzani yangi texnologiya ishlamalarni qo‘llanilishga yo‘l beradi. Ma’ruzalar professor va dotsentlar tomonidan o‘qilib boriladi, texnika va ilm-fanni taraqqiyotini zamonaviy rivojlanishni kuzda tutilgan xolda yildan-yilga yangilanib boradi.

Amaliy mashgulotlar zamonaviy interaktiv o‘qitish usullardan foydalangan xolda yagona uslubiy tizim bo‘yicha olib boriladi, bu mashgulotda talabalarni faol qatnashishga olib keladi. Asosan «Keys-stadiya», «Miya xujumi», «kanferensiya”, «SWOT» va  boshka texnologik ukitish usullari kullanilanadi. Guruxlarda talabalar bilan amaliy mashgulotni utkazishni asosiy talabalar ularni faol katnashish, personal kompyuterga ega bulish, kurib chikilaetgan muammolarni kurib chikishda yangi axborot olish uchun internetdan erkin foydalanish, mutaxassislik buyicha «Majmua»dan mashgulotlarda manba sifatida foydalanish va ingliz tilini bilish. Xar mashgulotga talaba mustakil ish va mavzular buyicha test, vaziyatli masala tayerlab keladi, bu uz navbatda guruxda muxokama kilinadi va xulosa chiqariladi. Yakun yasashdan oldin va talabani baxolaganda kurib chikilayotganda muammo buyicha bilim darajasi, amaliy kunikmani ega bulish darajasi, olgan natijalardan klinikada foydalanishni bilish, faol katnashish va bajargan mustakil ish kuzda tutiladi.

Oralik nazoratni utkazish soni (ketma-ketligi) ajratilgan ukuv soatlariga boglik

Yakuniy nazorat 2 qismdan iborat: kafedrada talabalar OSE topshiradilar va TTA test markazida test sifasida o‘tkaziladi

Kafedra xodimlari doim malaka oshirish markazlarida xar 3-5 yilda o‘zini pedagogik salohiyatini oshirib kelish bilan birgalikda internet va zamonaviy adabiyotlardan bilimlarini boyitib kelmoqdalar.

 

 


Davlat va Hukumat portallari

Ўзбекистон Республикаси Ҳукумат порталиЯгона интерактив давлат хизматлари порталиЎзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлигиЎзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигиZiyoNET таълим порталиЎзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базасиЎзбекистон Ёшлар иттифоқи 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегияси