Kafedra jamoasi

Matnazarova Gulbaxor Sultanovna (1962 y.)

Tibbiyot fanlari doktori, dotsent. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qoshidagi Fan va texnologiyalar Markazi tomonidan  o‘tkazilgan ilmiy ishlar tanlovi g‘olibi.  2000-2005 yillari Toshkent 1-tibbiyot instituti va 2005-2007 yillari Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor muovini.   2007-2012 yillari O‘zR virusologiya ilmiy tekshirish instituti tabiiy o‘choqli o‘ta xavfli virusli infeksiyalar laboratoriyasining mudiri. 2012 yildan Toshkent tibbiyot akademiyasining epidemiologiya kafedrasi dotsenti, 2013 yil aprel oyidan kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.  130 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlari, 1 ta  monografiyasi, 2 ta patent va 2 ta o‘quv dasturi chop qilingan.

 

 

 

 


mirtazaev-o

Mirtazaev Omon Mirtazaevich  (1948 y.)

Tibbiyot fanlari doktori, professor, 1993-2005 yilgacha Toshkent 2-tibbiyot instituti, 1-epidemiologiya kafedrasi mudiri, 1995-2000 yillari Sog‘liqni saqlash vazirligi Bosh epidemiologi, 2000-2005 yillari “Salomatlik” instituti direktori, 2005-2009 yillari Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy profilaktika fakulteti dekani, 2005-2010 yillari Toshkent tibbiyot akademiyasi epidemiologiya kafedrasi mudiri. 200 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlari, 3 ta monografiyasi va epidemiologiyadan 3 ta darslik kitoblari chop qilingan.

 

 

 


 

 abdukaxarova-m

Abdukaxarova M.F. (1952 y.)

Tibbiyot fanlari nomzodi (1993 y.), dotsent (1995 y.). Abdukaxarova M.F., 1952 yil Toshkent shaxrida tug‘ilgan. 2005-2012 yillari Toshkent tibbiyot akademiyasi yuqumli kasalliklar, pediatriya va epidemiologiya kafedrasi dotsenti va 2012 yildan Toshkent tibbiyot akademiyasining epidemiologiya kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. U 50 dan ortiq ilmiy maqolalar, ma’ruza matinlari, o‘quv uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Uning tomonidan davolash, tibbiy pedagogika va stomatologiya fakultetlari talabalari uchun namunaviy va ishchi o‘quv dasturlari tayyorlagan.

 

 

 


 

 

 


saidqosimova-n

Saidqosimova N.S. (1972 y.)

1995 yildan Epidemiologiya kafedrasida assistent, 2011 yildan kafedrada katta o‘qituvchi va ilmiy ishlar bo‘yicha muttasadi lavozimida ishlab kelmoqda. Salmonellyoz kasalligining etiologik  va epidemiologik xususiyatlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 20 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

 

 

 

 

 


 

 

 


mustanov-a

Mustanov A.Yu. (1973 y.)

2004 yildan Epidemiologiya kafedrasida assistent, 2007-2009 yillarda magistraturani tugatgan. 2009 yildan Epidemiologiya kafedrasida assistent lavozimida ishlab kelmoqda. “Silning zamonaviy epidemiologik xususiyatlari va uning profilaktikasini takomillashtirish” mavzusi bo‘yicha ilmiy izlanishlar

 

 

 

 


 

 

 

 

 

 


 

 

 

 


nematova-n

Ne’matova N.O‘. (1970 y.)

1993 yilda – Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti tugatgan. 1993-1996  yillarda DSENM epidemiologiya bo‘limida epidemiolog bo‘lib ishlagan. 2012 yildan Epidemiologiya kafedrasi assistenti, “O‘tkir ichak infesiyalarining epidemiologiyasi” mavzusi buyicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda, 20 dan ortiq ilmiy tezis va maqolalar muallifi.