Kafedra tarixi

O‘zbekistonda mustaqil epidemiologiya kafedrasi 1935 yilda Toshkent Davlat tibbiyot instituti tarkibida tashkil topgan. 1935 yilgacha turli kafedralar tarkibida epidemiologiya kursi o‘qitilgan: 1930 yili mikrobiologiya kafedrasi tarkibida, 1931 yili yuqumli kasalliklar kafedrasi tarkibida epidemiologiya kurslari o‘tib kelingan.

Kafedra mudirlari:

A.V. Georgievskiy1935 yildan 1952 yilgacha Epidemiologiya kafedrasi mudiri bo‘lgan. Tibbiyot fanlari doktori, doktorlik ilmiy darajasini “O‘zbekistonda ich terlama” mavzusida qilingan. 1936 yilda professor unvonini olgan. 25 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.

L.I.Matsina (1900-1979 y.y.)

Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, 1952-1954 yillarda kafedraga rahbarlik qilgan, 40 dan ortiq ilmiy ishlari chop qilingan, asosiy ishlari ichburug‘ kasalligining epidemiologiyasi va tashhisotiga bag‘ishlangan.

M.N.Soshnikova (1908-2000 y.y.)

Tibbiyot fanlari doktori (1953 y.), professor (1954 y.), nomzodlik dissertatsiyasini 1939 yilda ximoya qilgan. 1954-1972 yillari kafedraga mudiri lavozimida ishlagan. U 120 dan ortiq ilmiy maqolalar va risolalar muallifi. Ilmiy ishlari asosan ichburug‘, virusli gepatitlar va ich terlama kasalliklarining epidemiologiyasi va profilaktikasiga bag‘ishlangan.

Usmonov Marat Qurbonovich (1935 y.)

Tibbiyot fanlari doktori, professor, 1972-1990 yillari Toshkent Davlat tibbiyot instituti, 1991-2005 yillari Toshkent 2-tibbiyot instituti 2-epidemiologiya kafedrasiga rahbarlik qilgan, 180 dan ortiq ilmiy maqolalari, 2 ta monografiyasi va epidemiologiyadan darslik kitobi chop qilingan. 1 doktorlik va 11 nomzodlik dissertatsiyasi ishlariga raxbarlik qilgan.

Mirtazaev Omon Mirtazaevich (1948 y.)

Tibbiyot fanlari doktori, professor, 1993-2005 yilgacha Toshkent 2-tibbiyot instituti, 1-epidemiologiya kafedrasi mudiri, 1995-2000 yillari Sog‘liqni saqlash vazirligi Bosh epidemiologi, 2000-2005 yillari “Salomatlik” instituti direktori, 2005-2009 yillari Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy profilaktika fakulьteti dekani, 2005-2010 yillari Toshkent tibbiyot akademiyasi epidemiologiya kafedrasi mudiri. 200 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlari, 3 ta monografiyasi va epidemiologiyadan 3 ta darslik kitoblari chop qilingan.

Matnazarova Gulьbaxor Sultanovna. (1962 y.)

Tibbiyot fanlari doktori, dotsent. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qoshidagi Fan va texnologiyalar Markazi tomonidan  o‘tkazilgan ilmiy ishlar tanlovi g‘olibi.  2000-2005 yillari Toshkent 1-tibbiyot instituti va 2005-2007 yillari Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor muovini.   2007-2012 yillari O‘zR virusologiya ilmiy tekshirish instituti tabiiy o‘choqli o‘ta xavfli virusli infektsiyalar laboratoriyasining mudiri. 2012 yildan Toshkent tibbiyot akademiyasining epidemiologiya kafedrasi dotsenti, 2013 yil aprelь oyidan kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.  130 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlari, 1 ta  monografiyasi, 2 ta patent va 2 ta o‘quv dasturi chop qilingan.