Tibbiyot fanlari doktori, Rossiya Federatsiyasi tibbiyot-texnika fanlari akademigi, Toshkent tibbiyot akademiyasi professori Omonturdi Mirtazayevich Mirtazayev xotirasiga bag‘ishlangan “Yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar epidemiologiyasining dolzarb muammolari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

Toshkent tibbiyot akademiyasida  epidemiologiya kafedrasi  tomonidan xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya start oldi.

Mazkur anjuman TTAprofessori, tibbiyot fanlari doktori, Rossiya Federatsiyasi tibbiy-texnika fanlari akademigi Omonturdi Mirtazaev xotirasiga bagʼishlandi. Oʼzining sermahsul  ilmiy-pedagogik faoliyati  davomida  epidemiologik usullarini oʼrganib bu boradagi ilmiy tadqiqotlarni  izchillik bilan amaliyotga  tadbiq etishda hamisha ilgʼor boʼlgan olimning   o‘z o‘rni, o‘z so‘zi va hech kimnikiga o‘xshamaydigan chuqur ilmiy tafakkuri hurmat bilan tilga olindi.

Hamdoʼstlik mamlakatlari olimlarining professor  Omonturdi Mirtazaev hamkorligida amalga oshirilgan  loyihalar yodga olindi. Marhum Ustozning Toshkent  tibbiyot akademiyasida bugungacha davom etayotgan  ibrat maktabi haqida gapirildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.