Mustaqillik bayramiga bag’ishlangan tadbir.

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tibbiy-profilaktika va jamoat salomatligi fakul’teti, epidemiologiya kafedrasi va talabalar tomonidan Mustaqillik bayramiga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi.

Mustaqilligimizning 32 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviyat soatini kafedra mudiri, professor Karimov M.Sh. ochib berdilar. Dastlab talabalarni mustakillik bayrami bilan tabriklab, o‘qishlarida omadlar tiladilar, mamlakatimiz 32 yil  davomida qo‘lga kiritilgan ulkan ishlarga to‘xtalib o‘tdilar. So‘ngra katta o‘qituvchi Xudayberganova N.X. ma’ruzasini o‘qib eshittirdi.

Jonajon Vatanimiz – O‘zbekistonimiz milliy taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘yib, barcha soha va tarmoqlarda demokratik yangilanish  jarayonlari amalga oshirilayotgan bugungi kunda biz uchun bebaho ne’mat bo‘lgan mustaqillikning qadr-qimmati  va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Erkin va farovon hayotimizni, buyuk kelajagimizni faqat mustaqillik  asosida qurishimiz, odamlarimiz, el-yurtimizni faqat mustaqil siyosat asosida rozi qilishimiz mumkin.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan