«Sport – hayot uchun» shiori ostida sport tadbiri.

Toshkent tibbiyot akademiyasida  Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi  fakulteti 3- kurs 305-306-guruh talabalari va Epidemiologiya kafedrasi xodimlari tomonidan “Sport – hayot uchun” shiori ostida sport tadbiri o’tkazildi.

Kirish so’zini, Epidemiologiya kafedrasi mudiri, t.f.d. G.S.Matnazarova boshladilar, bu tadbirda Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi  fakulteti 3- kurs 305-306 guruh talabalari qatnashib, “Sport hayot uchun” shiori ostida sport tadbiri: Sport – millatning, butun xalqning siyosati. Hech kimdan kam bo’lmagan avlodni voyaga yetkazish maqsadida boshlagan xayrli ishimiz oz mevasini beradi. Hamma ham sog’lom, tetik va baquvvat bo’lishga, oz yoshligi, husni hamda ishchanlik qobiliyatini saqlashga harakat qiladi. Bunga erishishning asosiy omillaridan biri jismoniy harakat sanaladi. Jamiyatimizda sog’lom turmush tarzini qaror toptirish davlat siyosati darajasiga ko’tarilib, ayni vaqtda, mamlakatimizda jismoniy jihatdan yetuk, sog’lom avlodni tarbiyalash borasidagi tub islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Albatta, barchaning ham yuqori malakali sportchi bo’lishi, musobaqalarda qatnashib, mukofotlar olishi shart emas. Lekin, inson muntazam ravishda oz imkoniyatidan kelib chiqib sport bilan shug’ullanishi, jismoniy chiniqishi koni foyda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.