Epidemiologiya kafedrasi tarixi va bugungi faoliyati
Epidemiologiya kafedrasi boy va mustahkam tarixga ega.
1920–1935-yillarda epidemiologiya fani mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar kafedralari qoshida epidemiologiya kursi sifatida o‘qitilgan.
O‘zbekistonda mustaqil Epidemiologiya kafedrasi 1935-yilda Toshkent davlat tibbiyot instituti tarkibida tashkil etilgan. Turli yillarda kafedraga quyidagi yetuk mutaxassislar rahbarlik qilgan:
-
A.V. Georgiyevskiy (1935–1952)
-
L.I. Matsina (1952–1954)
-
M.N. Soshnikova (1954–1972)
-
M.K. Usmonov (1972–1993)
-
O.M. Mirtazayev (1993–2010)
-
S.E. Umirov — vaqtincha ish boshqaruvchi (2011–2012)
- Matnazarova Gulbahor Sultanovna (2013-2025)
Kafedra xodimlari tomonidan bugungi kungacha 7 ta doktorlik va 20 dan ortiq nomzodlik (PhD) dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.
Bugungi kunda kafedrada 19 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Jumladan, 2 nafar professor, 3 nafar dotsent, 4 nafar katta o‘qituvchi, 2 nafar assistent va 1 nafar tayanch doktorant mavjud. Kafedraning ilmiy salohiyati 68 % ni tashkil etadi.
2025-yildan boshlab Epidemiologiya kafedrasi tibbiyot fanlari doktori, professor
Tadjiyeva Nigora Ubaydullayevna tomonidan boshqarib kelinmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari doimiy ravishda o‘zlarining intellektual va ilmiy salohiyatini oshirib boradi, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan faol shug‘ullanadi.
Epidemiologiya kafedrasida:
-
Tibbiy profilaktika fakultetining 4–5-kurs talabalari,
-
Davolash va tibbiy pedagogika fakultetining 5-kurs talabalari,
-
OMX fakultetining 1–2-kurs talabalari ta’lim oladilar.
2010-yildan boshlab “Epidemiologiya” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura faoliyat yuritmoqda. Har yili 5–6 nafar magistr tahsilni muvaffaqiyatli yakunlaydi. Magistratura ta’limi jarayonida professor O.M. Mirtazayev rahbarligida talabalarda mutaxassislikka qiziqish, ilmiy izlanish va pedagogik ko‘nikmalar shakllantiriladi.
2014-yildan boshlab kafedrada klinika ordinaturasi tashkil etilgan bo‘lib, har yili 2–3 nafar ordinator tahsilni tamomlaydi.
Epidemiologiya kafedrasi TTA hududidagi ikkinchi o‘quv binosining 3-qavati, A qanotida joylashgan. Kafedrada ma’ruza zali, amaliy mashg‘ulotlar uchun xonalar hamda muzey xonasi mavjud.
Ma’ruza zali zamonaviy multimedia va kompyuter texnologiyalari bilan jihozlangan bo‘lib, o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash imkonini beradi.
Ma’ruzalar professor va dotsentlar tomonidan o‘qilib, fan va texnika taraqqiyoti hamda zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida yildan-yilga yangilanib boriladi.
Kafedra xodimlari har 3–5 yilda malaka oshirish kurslarida ishtirok etib, o‘z pedagogik va ilmiy salohiyatini oshirib boradi, shuningdek internet va zamonaviy ilmiy adabiyotlar orqali bilimlarini muntazam boyitib keladi.
.



