O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF- 6309-sonli Farmoni va 2019-yil 6-maydagi “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4310-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12- yanvardagi “Ilmiy–innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 24-sonli qarorida belgilangan topshiriqlar hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi (keyingi o‘rinlarda – TTA) rektorining 2023-yil 15-fevraldagi 48-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida. TMA epidemiologiya kafedrasida 2024 yil 18 aprel. «ПРОБЛЕМЫ БАКТЕРИАЛЬНЫХ ВИРУСНЫХ И ПАРАЗИТАРНЫХ ИНФЕКЦИЙ НА СОВРЕМЕННОМ ЭТАПЕ». mavzusida talabalar va yosh olimlarning II Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Rossiya Federatsiyasining tibbiyot oliy o‘quv yurtlari (Qozon davlat tibbiyot universiteti) talabalari va yosh olimlari, Qozog‘iston Respublikasi (NAO Ostona tibbiyot universiteti) va O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari (TMU Urganch filiali, Buxoro tibbiyot instituti, Farg‘ona sog‘liqni saqlash tibbiyot instituti (FMIHO), TMA Termiz filiali) epidemiologiya bo‘yicha. Anjumanda talaba-yoshlar va yosh olimlar hozirgi bosqichdagi bakterial, virusli va parazitar yuqumli kasalliklar muammolari haqida dolzarb mavzularda ma’ruza qildilar, profilaktika choralari yuzasidan fikr almashdilar.