Hurmatli tibbiyot xodimlari, aziz erkak hamkasblar va talabalar!

Hurmatli tibbiyot xodimlari,
aziz erkak hamkasblar va talabalar!

Sizlarni 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan erkaklar — bu nafaqat kasb egalari, balki inson salomatligi, hayoti va jamiyat barqarorligi uchun mas’ul bo‘lgan haqiqiy fidoyilardir. Sizlarning kasbiy burchingiz ko‘pincha sokin mehnat, sabr-toqat va yuksak mas’uliyat bilan bajarilsa-da, uning mazmun-mohiyati Vatan himoyasiga tengdir.

Bugungi kunda shifokorlar, epidemiologlar, tibbiyot xodimlari va bo‘lajak mutaxassis bo‘lgan talabalar sog‘liqni saqlash tizimining tayanchi sifatida jamiyat xavfsizligi va barqarorligiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar. Ayniqsa, murakkab epidemiologik vaziyatlarda sizlarning bilim, matonat va professionalligingiz Vatan oldidagi xizmatning yorqin namunasidir.

Ushbu qutlug‘ kunda sizlarga mustahkam sog‘lik, kasbiy bardavomlik, ilmiy va amaliy faoliyatingizda yuksak natijalar, talabalarga esa bilim va maqsadlar sari sobit qadam tashlashni tilayman. Oilalaringiz tinch, ishlaringiz samarali, kelajagingiz porloq bo‘lsin.

Hurmat bilan,
Epidemiologiya kafedrasi mudiri,
tibbiyot fanlari doktori, professor
Tadjiyeva Nigora Ubaydullayevna

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan