📣 Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi!

🎓 2025-yil 30-oktabr kuni ToshDavTU Epidemiologiya kafedrasi tashabbusi bilan
“Raqamli ta’lim muhitida fanlararo integratsiyasi: xalqaro tajribalar va rivojlanish istiqbollari”
mavzusida xalqaro o‘quv-uslubiy konferensiya muvaffaqiyatli tashkil etildi .

🌍 Tadbirda O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘istonning yetakchi tibbiyot universitetlari professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, ta’limda raqamli texnologiyalar, virtual haqiqat, sun’iy intellekt va interaktiv o‘qitish uslublari yuzasidan dolzarb ma’ruzalar taqdim etdilar.

💡 Konferensiya davomida innovatsion yondashuvlar, zamonaviy raqamli platformalardan foydalanish tajribalari, tibbiy ta’limda fanlararo integratsiya va xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan