Biz xaqimizda

Bizning kafedramiz uz tarixiga ega ! epidemiologiya kafedrasi 1920-1935 yillari mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar kafedralari qoshida epidemiologiya kursi sifatida o‘qitilgan.

O‘zbekistonda mustaqil epidemiologiya kafedrasi 1935-yilda Toshkent Davlat tibbiyot instituti   tarkibida tashkil topgan Epidemiologiya kafedrasiga professor A.V. Georgievskiy (1935-1952),  dotsent L.I. Matsina (1952-1954),  professor M.N. Soshnikova (1954-1972),  professor M.Q. Usmonov (1972-1993),  professor O.M. Mirtazaev (1993-2010),  dotsent S.E. Umirov(vaqtincha ish boshqaruvchi) (2011-2012),

Kafedra xodimlari tomonidan bugungi kungacha 7 ta doktorlik, 20 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.

Bugungi kunga kelib kafedrada 12 nafar professor o‘qituvchilar ish faoliyatini olib bormoqda. Ulardan 2 nafar professor, 3 nafar dotsent, 4 nafar katta o‘qituvchi  2 assistent va 1 nafar tayanch doktarantlardan tashkil topgan.  Xozirgi kunda kafedraning ilmiy saloxiyati 50%.

2013 yildan epidemiologiya kafedrani t.f.d Matnazarova Gulbaxor Sultanovna boshqarib kelmoqdalar. Professor-o‘qituvchilar tarkibi doim o‘zini intellektual darajasini takomillashtiradi, ilmiy-tekshiruv ishlar olib bormoqdalar.

Epidemiologiya   kafedrasida tibbiy profilaktika fakulьtetining  4,5,-kurs, davolash  va tibbiy pedagogika fakulьtetlarining 5 kurs, OMX fakulьtetining 1-2 kurs talabalari taxsil oladilar.  2010 yildan kafedrada epidemiologiya mutaxasisligi bo‘yicha magistratura ochilgan. Har yili 5-6 nafar talabalar magistraturani tugatishadi. Magistratura direktori epidemiologiya soxasida ilgor mutaxassis  professor Mirtazaev O.M bo‘lib  talabalarga o‘qitiliyotgan mutaxasislikka nisbatan qiziqishni, ilmiy ko‘nikma va pedagogik faoliyatni etkazmoqda.

 

2014-yildan kafedrada klinik ordinatura ochilgan. Har yili 2-3 nafar talaba ordinaturani tamomlaydi.

Kafedra TTA  xududining ikkinchi  o‘kuv binosining 3 etaj A qanotida  joylashgan. Kafedrada ma’ruza zali, amaliy mashgulotlarni utkazish uchun xonalar va  muzey xonalar tashkil etilgan. Ma’ruza xonasi mulьtimediali kompьyuter jixozlar bilan jixozlanib, bu ma’ruzani yangi texnologiya ishlamalarni qo‘llanilishga yo‘l beradi. Ma’ruzalar professor va dotsentlar tomonidan o‘qilib boriladi, texnika va ilm-fanni taraqqiyotini zamonaviy rivojlanishni kuzda tutilgan xolda yildan-yilga yangilanib boradi.

 

Kafedra xodimlari doim malaka oshirish markazlarida xar 3-5 yilda o‘zini pedagogik salohiyatini oshirib kelish bilan birgalikda internet va zamonaviy adabiyotlardan bilimlarini boyitib kelmoqdalar.