Toshkent tibbiyot akademiyasida “1 – son davolash fakulteti 505-506 guruh talabalari va Epidemiologiya kafedrasi xodmlari tumanidan “Xalqlar do‘stligi» tadbiri

   “Xalqlar do‘stligi” tadbiri haqida

             Kirish so‘zini,  Epidemiologiya kafedrasi mudiri, t.f.d G.S.Matnazarova boshladilar, bu tadbirda  1 – son davolash fakulteti 505-506 gurux talabalari qatnashib  “Xalqlar do‘stligi” tadbiri:  O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari, shuningdek, 16 diniy konfessiya vakillari istiqomat qiladi. Mamlakatda 141 milliy madaniy markaz mavjud.

  Oʻzbekiston – bebaho qadriyatlari bilan azaldan olamni oʻziga maftun etib kelgan munavvar diyor. Qadriyat soʻzi alohida e’tibor va e’zozga ega boʻlgan odat ma’nosini anglatar ekan, u bir xalq ichida emas, barcha xalqlar tomonidan e’tirof etilsa, oliy maqom kasb etadi.

   Oʻzbekiston zaminida yashovchi xalqlarga mansub kattayu kichikka birdek salom berish, keksalarni e’zozlash, qoʻshniga hurmat, qarindoshga oqibat, bolaparvarlik, mehmonni ikrom etish, dini va millatidan qat’i nazar Bani bashar avlodiga uning, avvalo, inson ekanligi e’tiboridan bag’rikeng munosabatda boʻlish kabi fazilatlar asrlar davomida jahon tamadduni sahifalariga zarhal harflar bilan bitilgan.  Albatta hayot tarzimizning asosiy qismini taom egallaydi. Bu dunyoda turli hil xalqlar mavjud. Bu xalqlarning har birida esa oʻzlarining birinchi milliy taomlari mavjud.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan