“Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti 3- kurs 302-303 gurux talabalari va Epidemiologiya kafedrasi xodmlari tumanidan “ZAKOVAT” bilimdonlik tadbiri.

Yoshlarning har tomonlama bilimli, yetuk shaxs bo‘lib yetishishi mamlakatning bugungi kuni va ertasi rivojining zamini bo‘lib xizmat qiladi.Respublikamizda yoshlar ishlari masalasiga alohida e’tibor berilmoqda. Shu o’rinda epidemiologiya kafedrasida xam yoshlarni bo’sh vaqtini unumli o’tkazish maqsadida Zakovat intellektual o‘yini o’tkazildi.

“Zakovat” intellektual o‘yinida bellashuvchilar guruxlarga bo‘lib olindi  “302A-gurux”, “302B-gurux”, “303A-gurux”, “303B-gurux” talabalarga  Jamoalarning har biri olti nafar talabadan tashkil topgan.

Bellashuvda umumiy 12 ta savol o‘ynaldi. Savollar ketma ketlikda e’lon qilinib, har biri uchun bir daqiqadan vaqt ajratildi. Har bir savol mantiqiy aniq, faktlarga asoslangan holda tuzilib, komissiya tomonidan tanlab olingan. Savollarning javobini topish topqir tinglovchilar uchun oson kechmagan bo‘lsada, aksariyat jamoa a’zolarida “Zakovat” intellektual o‘yinida tajriba orttirgani yaxshi natijalar qayd qilishi uchun qo‘l keldi. Savolar asosan fan yuzasidan bo‘lib kafedra xodimlari tomonidan tuzilgan. Barcha jamoalar ko‘plab savollarga to‘g‘ri javob berishdi. Shunday bo‘lsada, ularning orasidan eng kuchlilari hakamlar hay’ati tomonidan qo‘yilgan adolatli baholar orqali aniqlandi.

Murosasiz kechgan bilimlar bellashuvida 1-o‘rinni “303A-gurux”,  jamoasi egallab, 1-darajali diplomni qo‘lga kiritdilar. Shuningdek, 2-o‘rinni egallagan ikkita jamo  “302B-gurux”, “303B-gurux”, 2 darajali diplom, 3-o‘ringa loyiq deb topilgan “302A-gurux”, jamoasi esa 3 darajali diplomga ega bo‘ldilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan