Toshkent Tibbiyot Akademiyasida «Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi» fakulteti 3-kurs 302-303-guruh talabalari va Epidemiologiya kafedrasi xodimlari tumanidan “ZAKOVAT” bilimdonlik mavzusi bo’yicha o’tkazilgan tadbir.
Kirish so’zini, Epidemiologiya kafedrasi mudiri, t.f.d. G.S.Matnazarova boshladilar, bu tadbirda «Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi» fakulteti 3-kurs 302-303-guruhlar qatnashib, “ZAKOVAT” bilimdonlik mavzusida so’zga chiqib: Bilimdonlikka inson umri davomida orttirilgan bilim orqali erishadi, biror bir sohada mutaxassis bo’lish uchun o’z oldiga maqsad qo’yadi, keyinchalik o’z kasbiga oid maxsus bilimlarga ega bo’ladi, boshqalardan ko’ra ko’proq, yaxshiroq bilimga ega bo’lishga harakat qiladi. Bu inson bilimdonligini o’z kasbida namoyish etadi. O’yindagi bilimdonlik ham, albatta, shunga o’xshash narsa, kimdir intellektual o’yinlarga qiziqib ketsa, ikki-uch yilda o’z bilimlarini tizimlashtirib kuchli bilimdonga aylanishi mumkin.