“Referendum va yoshlar” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Epidemiologiya kafеdrasi  tomonidan  2023-yil 24-mart kuni tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti      3-kursga qarashli 301-guruh, 304-A guruh talabalari va kafedrada ma’naviyat va ma’rifat ishlariga ma’sul A.Y Mustanov bilan birgalikda “Referendum va yoshlar” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. O‘zbekiston Respublikasida Yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilishi kutilmoqda. Qonunchilik palatasi Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha umum xalq referendumini- 30 aprel, yakshanba kuni o‘tkazishni ma’qulladi. Tegishli qarorni 134 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi, 2 nafari betaraf qoldi, 1 nafari esa ovoz bermadi. «Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar»dan «Konstitutsiya yangi tahrirdagi» ga o‘zgartirildi. Referendum fuqarolarning o‘z xohish-irodasini umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri bildirishi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan