12.12.2024 “Yuqumli kasalliklar diagnostikasi, davolash va oldini olishning murakkab va hal etilmagan masalalari”

2024-yil 12- dekabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida respublika va xorijiy tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining olimlari ishtirokida “Yuqumli kasalliklar diagnostikasi, davolash va oldini olishning murakkab va hal etilmagan masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy xalqaro konferensiyasi xorijiy mamlakatlarning yetakchi tashkilotlari bilan TTA o‘rtasida imzolangan memorandumlar doirasida ilm-fan sohasida o‘rnatilgan samarali xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlash va o‘zaro tajriba almashish maqsadida I.M.Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti, Qozog’iston Respublikasining S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog’iston milliy tibbiyot universiteti,  NOU “Tojikiston tibbiyot-ijtimoiy instituti” hamda TTA “Yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklar”, “Epidemiologiya”, “Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya” kafedralari bilan hamkorlikda off/on-layn shaklda bo‘lib o‘tdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *